Boshqarma yangiliklari

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga koʼtarish masalasiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

06-04-2021
image

Maʼlumki, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalasi bugun davlat siyosati darajasiga koʼtarilgan. Bu borada taʼlim muassasalarining oʼrni soha rivojida asosiy oʼrinni egallaydi.

Joriy yilning 6 aprel kuni Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi А.Kamalov rahbarligida tashkil etilgan seminar tizimda olib borilayotgan islohotlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga koʼtarish masalalariga bagʼishlandi.

Shuningdek, seminarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari I. Muxammadazizova ishtirok etib, tuman va shahar xalq taʼlimi boʼlimi maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʼyicha shoʼʼba mudirlariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni oʼtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida belgilangan vazifalar hamda ijrosini taʼminlash yuzasidan koʼrsatmalar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish