“Ma’rifatli jamiyat-uchinchi renessans bunyodkori” esselar tanlovining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ma’rifatli jamiyat- Uchinchi Rennessans bunyodkori” esselar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovda Xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishmoqda:

  • - Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari hamda ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani o‘qituvchilari;
  • - Ta’lim tilidan qat’iy nazar barcha fan o‘qituvchilari.

Tanlovning 1-bosqichi (maktab) joriy yilning 26-sentabr kuni o‘tkazildi. Unda viloyatimizdagi maktablarda faoliyat yuritayotgan 2346 nafar o‘qituvchilar ixtiyoriy ravishda qatnashdi.

Ayni damda mazkur tanlovning 2-bosqichi tumanlarda bo‘lib o‘tmoqda. Unda maktab bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 787 nafar o‘qituvchilar bellashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabr kuni tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 44 nafar o‘qituvchilar qatnashadi.

Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy telegram kanali:  @toshkentvxtb

05-10-2022