Educare
Ijtimoiy-psixologik, tibbiy-psixologik, psixologik-pedagogik modullarni o'z ichiga olgan, o'quvchilarning psixologiyasida kuzatiladigan individual va tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan turli xil dasturlarning video materiallar va uslubiy qullanmalar, shuningdek, o'qituvchilarning psixologik bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ta'lim tizimidagi faoliyati, shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklarni yengish ko'nikmalarini oshirish, maktab o'qituvchilari jamoasidagi psixologik iqlimni yaxshilash, o'quvchilar bilan ishlashda psixologik usullardan foydalanish, stressli vaziyatlarda o'zini boshqarish, maktab o'quvchilarining ota-onalari bilan ishlashning muhim jihatlariga alohida e'tibor qaratish bo'yicha turli video materiallar.
“Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish” loyihasi
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-sonli “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida “Zamonaviy maktab”larni baholash jarayonini tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajriba, milliy tizimdagi holat o‘rganildi hamda loyihaning konsepsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birgalikda, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar, tartib va metodikalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2020-yilda ishlab chiqilgan talablar, tartib va metodika asosida respublika bo‘yicha 11 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi. 2021-yilda esa yana 42 ta maktabda aprobatsiya o‘tkazildi, talablar takomillashtirildi, iyul oyi oxiriga qadar sertifikat berish rejalashtirilgan.