Boshqarma yangiliklari

Huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish mavzusida viloyat miqyosida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

12-02-2021
image

Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan "Huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, o‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik vositalarini tarqalishining oldini olish" mavzusida viloyat miqyosida amaliy-seminar bo'lib o'tdi. Seminarda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Mamatqulov, viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili Asqar Musurmonqulov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Narkologiya dispanseri bo‘limi boshlig‘i Botirali Abdullayev hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Shaxlo Abdusamatovalarning ma'ruzalari seminar ishtirokchilarida nazariy va amaliy ko‘nikmalarni hosil qildi.

Seminar yakunida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan "Biz yomon illatlarga qarshimiz" shiori ostida o'tkazilgan insho, rasm tanlovlari g'oliblari e'lon qilinib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.  

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish