Boshqarma yangiliklari

Shahar va tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudirlari vakant lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat oʼtkazildi.

31-03-2021
image

    Bugun yurtimizda barcha sohalar, jumladan, taʼlim sohasidagi olib borilayotgan ishlarning natijadorligi, qabul qilinayotgan xalqchil qaror va farmonlarning joylardagi ijrosini samarali tashkil etish, bir soʼz bilan aytganda xalqqa nafi tegadigan, kundalik hayotimizda, ishlayotgan mehnat jamoamiz, istiqomat qilayotgan mahallamiz, xonadonimizda ijobiy oʼzgarishlarni koʼrib, sezib, shundan foydalanib yashashimizga sababchi boʼladigan kadrlar, oʼz ishining ustasi boʼlgan, bilimli, shijoatli va vatanparvar, halol, pok mutaxassislarga bogʼliq, albatta. Bunday kadrlarni topish esa har doim ham oson boʼlmagan.


    Viloyatda xalq taʼlimi tizimida ham kadrlar muammosi, ularning qoʼnimsizligi eng ogʼriqli masalalardan biridir. Bugungi kunda 8 ta shahar va tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri lavozimlari hamda 103 ta umumtaʼlim maktablarining direktori lavozimlari vakant boʼlib turibdi. Mazkur lavozimlarga eng munosib nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ochiqlik, shaffoflik va raqobat asosida oʼtkaziladigan tanlov orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan.


    Bugun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasida tanlovning birinchi, test bosqichidan muvaffaqiyatli oʼtgan Bekobod va Ohangaron shaharlari hamda Boʼka, Qibray tumanlari xalq ta'limi boʼlimi mudirligiga nomzodlar bilan suhbat oʼtkazildi. (Suhbat jarayoni toʼliq videotasvirga yozib olindi.) Suhbatdan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlarning hujjatlari OʼZbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga tavsiya etildi. 103 ta umumtaʼlim maktablari direktorligiga nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida koʼrib chiqish uchun kiritilgan. Viloyatda xalq ta'limi tizimidagi vakant lavozimlarda tanlovda ishtirok etish istagidagi malakali mutaxassislarni tanlovga taklif etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish