Parkent tumanida fizika, matematika va informatika fani oʼqituvchilari uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʼqituvchilari tomonidan “Taʼlimda raqamli texnologiyalar” mavzusida seminar-trening boʼlib oʼtdi.
Parkent tumanidagi bir qator umumtaʼlim maktablarini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʼz otaligʼiga olgan edi. Shu boisdan, Universitetning Fizika-matematika fakulteti professor-oʼqituvchilari ushbu maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirishga har tomonlama koʼmaklashmoqda.
Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qoʼshish universitetning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Oliy taʼlim muassasasi va maktablar oʼrtasida yoʼlga qoʼyilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda oʼz mevasini berishi shubhasiz. Bunday seminar-treninglar oʼzaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirishda muhim omil boʼlib xizmat qiladi.