Boshqarma yangiliklari

Аzamat Kamalov 8 aprel kuni Quyi Chirchiq tumanidagi 10-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi jamoasi bilan uchrashdi.

08-04-2021
image

Joriy yilning 8 aprel kuni Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi Аzamat Kamalov Quyi Chirchiq tumanidagi 10-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi jamoasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida taʼlim muassasasining pedagog xodimlari bilan suhbat boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi korruptsion xatti-harakatlarning oldini olish, kiyinish madaniyatiga doimiy rioya etish, pedagog xodimlarning mavqeyi va obroʼsini yanada oshirish, oʼquvchilarni kаrаntin qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan yigʼilish ishtirokchilariga tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berib oʼtdi. Shuningdek, maktabda oʼquvchilarning sogʼlom ovqatlanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish