Boshqarma yangiliklari

Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasining amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlarini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

12-04-2021
image

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i A.Kamalov huzurida navbatdagi ishlab chiqarish yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda boshqarmaning barcha xodimlari ishtirok etib, kelgusida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olish maqsadida, boshqarmaning barcha bo'limlari va viloyat tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan kelgusida ta'lim sifatini oshirish hamda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni bajarilishi bo'yicha o'z taqdimotlari bilan tanishildi. Bo'limlar tomonidan har bir yo'nalish bo'yicha yig'ilib qolgan muammolar va ularni yechimi bo'yicha takliflar muhokama qilindi. Boshqarmaning har bir bo'limlarining quyi pag'onadagi yo'nalishlaridagi mas'ul xodimlarini kelgusida ish samaradorliklarini oshirishi bo'yicha o'z lavozim majburiyatlariga mas'uliyat va yangicha  dunyoqarash bilan yondashishlari hamda ta'limga yangi innovatsion g'oyalar bilan tashabbus ko'rsatishlari bo'yicha o'z ustilarida tinimsiz izlanishlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqishlarini doim nazoratga olib borishlari bo'yicha topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish