Boshqarma yangiliklari

Chet elda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʼqish imkoniyatini qoʼlga kiritishga ariza topshirish uchun juda qisqa muddat qoldi.

13-04-2021
image

Chet elda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʼqish imkoniyatini qoʼlga kiritishga ariza topshirish uchun juda qisqa muddat qoldi. Shu sababli, 14 aprel kuni 15:00 dagi ochiq muloqotni (https://t.me/uzedu/12450) oʼtkazib yubormang!

Prezidentimiz tashabbuslari bilan bu yil chet elda oʼqish uchun “El-yurt umidi” jamgʼarmasi (http://eyuf.uz/) orqali beriladigan magistratura va doktorantura imkoniyatlari kengayishi bilan birga, qoʼshimcha 100 ta bakalavriat yoʼnalishida oʼqish xarajatlarini qoplash imkoniyati ham yaratildi. Hujjat topshirish muddati 1 maygacha boʼlgani uchun, bitiruvchilar va soha xodimlariga qoʼshimcha imkoniyat berish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligining feysbukdagi rasmiy sahifasi (https://www.facebook.com/uzedu) orqali ochiq muloqot tashkil etilmoqda, oʼtkazib yubormang!

Chet elning nufuzli universitetida oʼqib kelgan mutaxassislarga talab istalgan sohada juda yuqori. Jumladan, Xalq taʼlimi vazirligida va uning quyi tashkilotlarida oxirgi yillarni oʼzida 30 ga yaqin chet elda oʼqigan mutaxassislar masʼul lavozimlarga tayinlanishdi, ularning baʼzilari ham oʼz tajribalari bilan oʼrtoqlashishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish