Mamlakatimizda xalq bilan muloqotning yagona mexanizmi tatbiq etilishi natijasida odamlarning muammolari hal etilib, ularni qiynab kelayotgan masalalarga ijobiy yechim topilmoqda. Shu maqsadda Аngren shahridagi "Bunyodkor" aholi dam olish majmuasida Toshkent viloyati hokimligi masʼullari, sektor rahbarlari hamda boshqarmalar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi. Toshkent viloyati hokimi D.Hidoyatov, huquq-tartibot organlari, taʼlim, sogʼliqni saqlash va boshqa tashkilotlar mutasaddilarining aholi bilan bevosita muloqoti davomida odamlarni qiynayotgan muammolar oʼrganildi.
Jumladan, Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi А.Kamolov tomonidan taʼlimga oid murojaatlar koʼrib chiqildi. Koʼplab murojaatlar shu yerning oʼzida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni ijobiy hal etish boʼyicha tegishli muddatlar belgilab berildi.