Bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hamda ularda yurtga sadoqat va muhabbat tuygʼularini shakllantirish maqsadida, Toshkent viloyati xalq taʼlimi tasarrufidagi maktablarda bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 78-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Sarhadlari mustahkam yurt” mavzusida uchrashuv bo‘lib oʼtdi.
Uchrashuvda Mudofaa Vazirligi Toshkent okrugining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boʼyicha ofitser-mayor Zohid Joʼraev va kapitan Qahramon Ziyadinovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida oʼquvchi yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mehmonlardan javob oldi. Uchrashuv soʼnggida maktabning iqtidorli oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar koʼrgazmasi tashkil etildi.