Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

“Bitiruvchilar bilan uchrashuv” haftaligi tashkil etilmoqda.

19-04-2021
image

19-24-aprel kunlari Zangiota tumani xalq taʼlimi boʼlimi tomonidan “Bitiruvchilar bilan uchrashuv” haftaligi tashkil etilmoqda. Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad 2020-2021-oʼquv yilida bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga jalb etish hamda ularga motivatsiyalar berish. Dastlab mazkur uchrashuv tumandagi Аgrosanoat texnikumida boʼlib oʼtdi. Unda Toshkent Аgrar Universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov mehmon boʼldi. Uchrashuvda Botirjon Аbdushukurovich va tadbirga taklif etilgan boshqa hurmatli mehmonlar oʼzlarining hayotda erishgan yutuqlari, muvaffaqiyat sirlari toʼgʼrisida bitiruvchilar bilan oʼrtoqlashdilar.

Shuningdek, ushbu uchrashuvda tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri, mudir oʼrinbosari hamda maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirlar tumandagi maktablarda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish