Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Mamadaliyev Fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichida ishtirok etadigan 45 nafar o'quvchilar, o'qituvchilar va mudir o'rinbosarlari bilan Yangiyo'l tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabida olimpiada jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish hamda ishtirokchilarni Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlariga vaqtida yetib borishni tashkil etish bo'yicha ochiq suhbat o'tkazdi. Suhbat jarayonida olimpiadaning baholash mezoni bilan o'quvchilar tanishtirildi.