2021-yilning 10-sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat xalq taʼlimi tizimida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʼyicha viloyat hokimligi tomonidan kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, АKT sohasi, ayniqsa «Bir million dasturchi» loyihasini amalga oshirishda sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Oʼtgan yil boshidan buyon, IT Park rezidentlari soni 45 foizga koʼpayib, ularda 6 mingdan ortiq yangi ish oʼrni yaratilgan. Kelgusi 3 yilda iqtisodiyot sohalarida yana 300 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihalar, umuman, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida yurtimizda Birlashgan Аrab Аmirliklari bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirgacha bu loyiha doirasida 567 ming oʼgʼil-qiz bepul saboq oldi. Eʼtiborlisi, ularning 79 foizi maktab oʼquvchilaridir.
Bugungi kunda ushbu loyiha boʼyicha viloyatdan 219 600 nafardan ortiq oʼqituvchi va oʼquvchilar roʼyxatdan oʼtgan boʼlib shundan, 4 ta yoʼnalish boʼyicha 87 400 dan ortiq ishtirokchi hamda 59 900 dan ortiq bitiruvchi sertifikatlarga ega boʼldi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi 716-sonli qarori asosida viloyatimizda 200 ta umumtaʼlim maktablari, bunda Respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan 62 ta va viloyat mahalliy byudjet mablagʼlari xisobidan 138 ta umumtaʼlim maktablarining informatika sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida respublika byudjetidan rejalashtirilgan 62 ta sinf komplekt kompьyuter texnikalari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablariga yetkazib berildi.
Bu kabi xayrli ishlarning natijasida viloyatda taʼlim tizimi albatta yangi bosqichga koʼtariladi.
Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Аxborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga a'zo bo'ling: @toshkentvxtb