Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Eng yaxshi tarbiya vositasi kitobdir!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Shaxs kamolotida hyech narsa va hyech kim kitobning o‘rnini bosa olmaydi. Zero, kitoblar ko‘ngilda eng sof tuyg‘ular, fazilatlarni paydo qiladi, inson dunyoqarashini boyitadi. Tabiiyki, mazkur mavzuda so‘z yuritganda kutubxonalarning o‘rni va ahamiyatiga urg‘u bermay iloj yo‘q.
To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan. Uni amalga oshirishda kutubxonalarning o‘rni va vazifasi katta.
Hozirda respublikamizda 201 ta axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Ular fondiga 17 millionga yaqin kitoblar jamlangan. 2020 yilda axborot-kutubxona markazlariga yana 150 ming 724 ta kitob yetkazib berildi.
Bugungi kunda mazkur kutubxonalarga 1 million 196 ming 233 nafar kishi a’zo. Tashabbuslarni amalga oshirish natijasida ular soni yanada ortib borayotir. Bu esa yoshlarning o‘z hayotini, turmush tarzini kitob va kutubxonalar bilan chambarchas bog‘layotganidan darak beradi.
Mazkur tashabbus doirasida belgilangan vazifalar muntazam amalga oshirilmoqda.
Kutubxonachilar faoliyati e’tirof etildi
Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimida ham kitobxonlik doirasida ko‘plab tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘lim tasarrufidagi 21- sonli umumta’lim maktabida "Kitobxona ziyo maskani" nomli shahar kutubxonachilariga viloyat tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab kutubxonachilari tomonidan olib borilayotgan ishlar hisobotlari, shahar umumta’lim maktablarida tashkil etilgan "Namunaviy kutubxonalar" taqdimoti, kitobxonlik to‘garagi ishtrokchilarining chiqishlari hamda 21-sonli umumta’lim maktabi jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining darsliklar va adabiyotlar shoʻba mudiri Qosimjon Baxovodinov, shoʻba mutaxassisi Nasiba Abdullayeva "O‘zDavKitobSavdota’minot" tashkiloti rahbari o‘rinbosari R.Tojiyev, Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri K. Normetov hamda bo‘limning metodistlari, shahardagi umumta’lim maktablar kutubxonachilari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir so‘nggida Toshkent viloyati halq ta’limi boshqarmasi tomonidan sohada fidokorona xizmatlari bilan o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan kutubxonachilarga faxriy yorliqlar, "O‘zDavKitobSavdo " tashkkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga a'zo bo'ling: @toshkentvxtb