Boshqarma yangiliklari

Ta'limda xorij tajribalarini qo'llash

23-06-2022
image

Joriy yilning 23-iyun kuni Bo‘stonliq tumanida Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi.

️“Ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarning kompetentliligini rivojlantirish yo‘llari (xalqaro tajribalar Finlandiya ta’lim tizimi misolida)” mavzusida tashkil etilgan  seminar-treningda viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi maktablardan  xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarning 167 nafar trener o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish