Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Kamalov Toshkent tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31ta maktab direktorlari bilan joriy o‘quv yilida 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 23-iyundagi "Mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarni bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi 390-10-0-Q/22-son qarori ijrosini ta’minlash va bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab berilmoqda.
Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati