Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

NIMAGA AYNAN IT SOHASINI TANLASH KERAK?

13-04-2023
image

Sohaning afzalliklari nimada? Bugun IT sohasining mutaxassislari eng ko'p haq to'lanadigan kasb egalari sanaladi.  

Shu va sohaga oid boshqa savollar bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “Maktab bitiruvchilari uchun IT universitetlar va imkoniyatlar” mavzusida o'tkazilgan onlayn muloqot davomida keng muhokama etildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan mazkur tadbirda barcha umumta’lim maktab direktorlari, psixologlar, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari, 9-11-sinf bitiruvchilari ishtirok etdi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblar bilan tanishtirish, yurtimizdagi IT universitetlari imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat.

Unda yurtimizdagi IT sohasida kadrlar tayyorlovchi qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o'z oliygohlarining mavjud imkoniyatlari haqida so'zlab berdi.

Xususan, Yangi O‘zbekiston universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA, Amiti universitetlari, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti, “IT Park University” universitetlaridagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Qayd etilganidek, ushbu oliygohlarda bugungi kunda talabalarning IT sohasida sifatli ta’lim olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Qabul imtihonlari va bu boradagi kerakli talablar haqida ta’lim maskanlarining axborot resurslari orqali abituriyentlarga doimiy ma’lumotlar berib boriladi.

Uchrashuv so'ngida mazkur ta’lim yo‘nalishlariga doir o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga tadbir ishtirokchilari tomonidan batafsil javob berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish