Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda “Astrum” IT akademiyasi bilan hamkorlikda “Ta’limda raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining o‘rni” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

31-05-2023
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-martdagi “Toshkent viloyatida axborot texnologiyalari va dasturiymahsulotlarga ixtisoslashgan “Astropolis” massivini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-xdfu sonli qarori tasdiqlangan. Ushbu qarorning 7-bandida, 2022-2023 yillarda Toshkent viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilarini “Astrum” IT-akademiyasida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha bepul tayyorlash va malakasini oshirish belgilangan.

 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 15-20 may kunlari “Ta’limda raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining o‘rni” mavzusi bo‘yicha onlayn shaklda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

 

Ushbu kursda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablaridan 700 ga yaqin informatika fani o‘qituvchilar ishtirok etishdi va kursni muvaffiqyatli yaunlaganlar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

 

 

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, IT Park viloyat bo‘limi, “Astrum” IT-akademiyasi raxbariyati hamda fahriy mehmonlar ishtirok etishdi.

 

O‘quv kursidan ko‘zlangan asosiy maqsad, Raqamlashtirish sohasi rivojlanib borayotgan bir davrda umumta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun bugungi kundagi IT–yo‘nalishidagi eng so‘ngi yangiliklar, shuniningdek, informatika o‘qituvchilarni raqamlashtirishda o‘z ko‘nikmalarini oshirish hamda hozirgi kunda avj olayotgan kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarga tushuncha berishdir.

Viloyatdagi barcha tadbirda qatnashgan informatika fani o‘qituvchilari “Astrum” IT-akademyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Shuningdek, tashkil etilgan dastlabki malaka oshirish o‘quv kursi natijasidan kelib chiqqan holda, “Astrum” IT-akademiyasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari informatika fani o‘qituvchilarining hamjamiyatini tashkil etish, bunda ularga axborot texnologiyalari bo‘yicha so‘ngi yangiliklarni yetkazib borish va shu bilan birga, malaka oshirish o‘quv kurslarini muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish