Maktabda to'garaklar rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining qo‘shma qarori imzolandi.

Unga ko‘ra IT, matematika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari yo‘nalishida to‘garaklar bo‘yicha o‘qituvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablari va tajribali o‘qituvchilar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’analariga asosan o‘qitish va malakasi oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

To‘garak xonalari uchun alohida dizayn ishlab chiqiladi va shu asosida jihozlash bo‘yicha hisob-kitoblar tayyorlanadi.

Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/688

Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga ulanish @toshkentvxtb

09-09-2022
Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish