Boshqarma yangiliklari

Qibray tumanida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev xalq taʼlimini isloh qilish boʻyicha soha masʼullari ishtirokida kengaytirilgan Kengash yigʻlishini oʻtkazdi

29-08-2023
image

Qibray tumanida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev xalq taʼlimini isloh qilish boʻyicha soha masʼullari ishtirokida kengaytirilgan Kengash yigʻlishini oʻtkazdi

Bunda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish, pedagog kadrlarning malaka toifalarini oshirish, oʻquvchi yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi illatlarni oldini olish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligi hamda taʼlim maskanlarini infratuzilmasini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar oʻrin oldi. 

 

 

Zoyir Mirzayev tomonidan tizim tahlil qilindi. Taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlashga ajratilgan jami 2.3 trln. soʻm davlat mablagʻlari hisobiga, jami 19 ming 583 oʻrinli 44 ta maktab taʼmirlandi, Natijada 14 ming 84 ta yangi oʻquvchi oʻrni yaratilishiga erishilganini taʼkidlaydi.  

 

 

Tadbir davomida, tizimda erishilayotgan yutuqlar bilan birgalikda, mavjud muammo va kamchiliklar ham tanqidiy koʻrib chiqildi. 

 

 

Xususan, 100 dan ortiq maktablar mukammal taʼmirga muhtojligi, maktablarda sport zal binolari mavjud emasligi, markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajalari, ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi. 

 

 

Tadbir soʻnggida, oʻz sohasining fidoyilari boʻlgan bir qator ustozlar taqdirlandi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish