Boshqarma yangiliklari

Xalq ta’limi vazirligi va Yaponiyaning JICA tashkiloti hamkorligida viloyatimizdagi 10 nafar o‘qituvchiga kompyuter jamlanmasi topshirildi.

20-01-2021
image

Joriy yilning 19-yanvar kuni Toshkent viloyati xalq ta’lim boshqarmasida viloyatimizdagi Xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida, Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “COVID-19 pandemiyasi salbiy ta’siri davrida xalq ta’limi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish” loyihasi boʼyicha oʼtadigan onlayn oʼquv-kurslarida ishtirok etuvchilarga seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu loyiha doirasida Toshkent viloyatidan 10 nafar o‘qituvchi JICA tomonidan tashkillashtirilgan onlayn o‘quv-kurslarida qatnashishlari ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda, JICA tashkilotining mas'ul xodimi tomonidan 10 dona noutbuk, wi-fi routeri, sim kartalar o‘qituvchilarga topshirildi va ularga o‘quv kurslari bo‘yicha tushunchalar berildi.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish