Joriy yilning 20 dekabr kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi metodislariga yig‘ilish o‘tkazildi.
Bunda, har bir mas’ul hodimning 2023 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari qabul dilindi.
Jumladan,
- maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida internet xizmatlaridan foydalanish holati;
- Elektron resurslar va ta’lim kontentlarini keng targ‘ibot qilish, AKT yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilish holati;
- Maktab direktorlari, o‘rinbosarlari hamda o‘qituvchilarning AKT savodxonlik bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish holati;
- Umumta’lim maktablariga vazirlik tomonidan berilgan qo‘shimcha texnik qurilmalaridan samarali foydalanish holati muhokama qilindi.
Shuningdek, 2024 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy vazifalar belgilab olindi.