Boshqarma yangiliklari

Prezident topshirig‘i amalda: maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi

03-04-2024
image

 

 Viloyatimizda 28 ta umumta’lim maktabida yangi baholash tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 28- avgust kuni maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarida Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etilishi belgilangan edi.

 

Shundan kelib chiqqan holda 2023-2024-o‘quv yilidan Toshkent viloyatida ham 28 ta umumta’lim maktabi tanlandi. Ularda yangi baholash tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu jarayonga maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari jalb etilgan. Ushbu maktablarga viloyatda mavjud Prezident va ixtisoslashgan maktablar “tayanch maktab” sifatida biriktirilgan.

Mazkur baholash tizimi amaldagisidan farq qiladi. Bunda inson omili minimallashtirilgan. U o‘quvchining bilimini obyektiv baholash hamda to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

Bugun Oqqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida mazkur tajriba-sinov maktabi sifatida tanlab olingan maktab rahbarlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

 

Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarasmi o‘rinbosari G‘ayrat Hamrayev, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Vafoqul Xotamov, mutaxassis Dilnoza Xolmurodova hamda bir qator mutaxassislar ishtirok etdi.

Ayni paytda respublika miqyosida 365 ta maktabda yangi baholash tizmi joriy etilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish