Boshqarma yangiliklari

AKT uchrashuv

26-06-2024
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmonining 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan edi.

Yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash hamda IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilarini Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish maqsadida, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 26-iyun kuni Astrum IT akademiyasida iqtidorli maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida "Karyera kunlari" bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari, IT yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari haqida seminarlar va taqdimotlar hamda maktab bitiruvchilari uchun IT sohasidagi ta’lim imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

 

 

Telegram (https://t.me/toshkentvxtb)

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish