Sayt test rejimida ishlamoqda

Boshqarma yangiliklari

Respublika fan olimpiadasining III-(viloyat) bosqichi gʼoliblari aniqlandi

26-01-2021
image

Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida umumtaʼlim fanlari boʼyicha Respublika fan olimpiadasining III-(viloyat) bosqichi oʼtkazildi hamda olimpiada gʼoliblari aniqlandi. Fan olimpiadasida jami 1975 nafar oʼquvchilar ishtirok etib, shundan 611 nafar 11-sinf, 617 nafar 10-sinf, 747 nafar 9-sinf oʼquvchi yoshlar ishtirok etdilar. 11-sinf oʼquvchilaridan 45 nafari Respublika bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar. 10-sinfdan 37 nafar, 9-sinfdan 75 nafar bilimli yoshlar oʼz tengqurlari orasida viloyat bosqichida gʼolib boʼldi.

Eslatib oʼtamiz, fan olimpiadalarining Respublika bosqichida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarga ixtisoslik fani boʼyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Ularni tayyorlagan oʼqituvchilar esa bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobaridan 50 barobarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarga ulashish